Özbek tili imlosini raqamli tarzda örganing
Imlo Go — audio diktantni avtomatik tekşiriş, özbekça tez yoziş maşqi va kirill, lotin hamda yangi alifbo orasidagi translator. Natijalaringizni kuzating va hamjamiyat bilan bellaşing.

Diktantdan ham köproği
Imlo Go endi özbek tili bilan işlaş uçun töliq platforma: yangi alifboga ötiş, tez yoziş, musobaqa va natijalarni kuzatiş — barçasi bitta joyda va bepul.

Diktant yoziş qanday işlaydi?
Audio eşitasiz, matnni yozasiz, tizim esa imlo xatolarni avtomatik tekşiradi. Natijani darhol körib çiqasiz.
- 01
Eşitiş
Diktant audio faylini tinglang va diqqat bilan esda saqlang — har bir söz muhim.
- 02
Yoziş
Eşitgan matningizni ilovadagi maxsus maydonga yozing — töğri yozuvga e’tibor bering.
- 03
Tekşiruv
Tizim siz yozgan matnni avtomatik tahlil qiladi va imlo xatolarni körsatadi — natijani bir zumda körasiz.
Yangi alifboga tayyormisiz?
Oʻ, Gʻ, Sh va Ch örniga Ö, Ğ, Ş va Ç keladi, «ng» esa alohida harf sifatida çiqariladi. Matningizni yozing — Imlo Go uni darhol yangi alifboga yoki kirillga ögiradi.
- Oʻ oʻ→Ö ö
- Gʻ gʻ→Ğ ğ
- Sh sh→Ş ş
- Ch ch→Ç ç
Özbekiston — gözal ölka. Şaharda çoyxona töla, toğlar esa şundoq yonida. Işoq aka aşoblari bilan sanʼat haqida gaplaşdi.
Tez yozişni özbekça sözlarda maşq qiling
Ekranga çiqqan özbekça sözlarni iloji boriça tez va xatosiz tering — eski lotin, yangi alifbo yoki kirillda. Har bir harf yoziş jarayonida tekşiriladi, maşq oxirida esa tezligingiz va aniqligingiz körsatiladi.
Vaqt yoki sözlar soni böyiça
15, 30, 60 yoki 120 soniyalik maşqni yoxud 10, 25, 50, 100 ta sözdan iborat töplamni tanlang.
Tezlik va aniqlik
Daqiqasiga neçta söz (WPM) terganingiz, aniqlik foizi hamda töğri va xato belgilar soni hisoblanadi.
Reyting va ösiş
Natijalaringiz saqlanadi, profilda tezlik ösişi grafigi körinadi, hamjamiyat reytingida esa boşqalar bilan bellaşasiz.
Asosiy imkoniyatlar
Özbek tilidagi turli matnlardan tayyorlangan audio diktantlar orqali eşitiş va yoziş könikmalaringizni mustahkamlang.
Imlo xatolarni aniqlaş
Yozgan matningiz avtomatik tarzda tekşiriladi va imloviy xatolar aniq körsatiladi.
Baholaş tizimi
Natijalaringiz ballar orqali baholanadi — aniqlik, tezlik va xato darajasi hisobga olinadi.
Harakat tarixini köriş
Oldingi diktantlaringizni, xatolar tarixini va yutuqlaringizni kuzatib boring.


Bu kimlar uçun?
«Imlo Go» tizimining foydalanuvçilari: talabalar, öquvçilar, öqituvçilar va boşqa istalgan odam!
Öquvçilar va talabalar
Imlo könikmalarini mustahkamlaş, darslarga tayyorlaniş va bilimni mustahkamlaş uçun ideal vosita.
Öqituvçilar
Dars jarayonida qöllaş, uy vazifasi sifatida beriş va imloviy tahlilni avtomatlaştiriş imkoniyati.
Özini sinamoqçi bölganlar
Imlo böyiça öz ustida işlayotgan, nutq va yozuvni töğrilaşni xohlaydigan har bir inson uçun foydali.
Foydalanuvçilarning fikrlari
«Imlo Go» foydalanuvçilarining fikrlari bilan tanişib çiqing.
Kun davomida önlab xabar va hujjat yozaman. Imlo Go diktantlari «o‘», «g‘» va tutuq belgisi bilan boğliq xatolarimni körsatib berdi, endi ularni avtomatik ravişda töğri yozaman.

Zamon Qahorov
Dasturiy ta’minot muhandisi
Tester sifatida translatorni ataylab qiyin sözlar bilan sinab kördim: «Ishoq», «ashob», «san’at», «tong». Yangi alifbo va kirillga deyarli hamma joyda töğri ögirdi — bunday aniqlikni boşqa vositalarda körmaganman.

Asilbek Davlatov
QA Tester, Computer Engineering talabasi
Tekşiruv töliq brauzerda işlaşi, natijalar esa hisob orqali qurilmalar örtasida sinxronlanişi — töğri tanlangan arxitektura. Sayt tez, ortiqça narsasiz va özbek tili uçun haqiqatan foydali.

Oybek Baxtiyorov
Full stack architect
Reklama matnidagi bitta imlo xatosi brendga bölgan işonçni tuşiradi. Jamoamizga Imlo Go’ni tavsiya qildim: haftalik musobaqa tufayli yigitlar özaro bellaşib, ham tez, ham xatosiz yozişni örganişyapti.

Azizbek Sultonov
Marketing direktori, Maffy savdo menejeri
Röyxatdan ötmasdan ham foydalaniş mumkinligi, matnlar serverga yuborilmasdan tekşirilişi menga yoqdi. Hisob oçsangiz ham faqat kerakli ma’lumot saqlanadi, reytingda email körinmaydi.

Hasanxon Azamov
Cyber Security Engineer
2K+Foydalanuvçi
Foydalanuvçilarimiz soni har kun, har soat, har daqiqa, har soniya ösib bormoqda.
5.0Baho
Tizimni işlatib körganlarning köpçiligi juda yaxşi fikrda.
TurliDarajalar
Katta audio va matn ma’lumotlar bazasi bilan işlaymiz. Har kuni yangi diktantlar qöşamiz.
Köp beriladigan savollar
Javob topa olmadingizmi? Telegram kanalimizga yozing yoki ilovadagi «Murojaat qoldiriş» tugmasidan foydalaning.
Öz ona tilingiz imlosiga befarq bölmang!
«Imlo Go» orqali özbek tili qadriyatlari va imlosi borasidagi bilimlaringizni mustahkamlang, bilimingizni tekşirib köring.