Bölimlar
Hisob va hamjamiyat
Reytinglar, haftalik musobaqa, ketma-ket kunlar (streak), profil va murojaat qoldiriş.
2 daqiqa öqiş
Hisobingizga kirsangiz, natijalaringiz serverda saqlanadi va siz Hamjamiyat reytinglarida qatnaşasiz. Bu bölimda reyting, haftalik musobaqa, profil va murojaatlar haqida.
Reytinglar
Reyting ikki bölimdan iborat: Tez yoziş va Diktant.
Tez yoziş
| Reyting | Nima böyiça | Şart |
|---|---|---|
| Eng tez | Eng yaxşi WPM | aniqligi 75% dan past maşqlar hisobga olinmaydi |
| Eng faol | Maşqlar soni | — |
| Köp vaqt | Maşqqa sarflangan umumiy vaqt | — |
| Eng aniq | Örtaça aniqlik | kamida 10 ta maşq |
Diktant
| Reyting | Nima böyiça | Şart |
|---|---|---|
| Eng köp ball | Barça diktantlar ballari yiğindisi | har bir diktant böyiça oxirgi natija |
| Eng faol | Topşirilgan diktantlar soni | — |
| Eng savodli | Örtaça ball | kamida 3 ta diktant |
Röyxatda eng yuqori 50 kişi körsatiladi. Siz ular orasida bölmasangiz, öz örningiz röyxat tepasida alohida çiqadi. Reytingda faqat ismingiz körinadi — email heç kimga körsatilmaydi.
Haftalik musobaqa
- Har duşanba 00:00 da (Toşkent vaqti) yangi hafta boşlanadi.
- «Şu hafta» reytingida faqat joriy haftadagi natijalar hisoblanadi.
- Hamjamiyat sahifasining tepasida musobaqa tugaşiga qolgan vaqt va ötgan hafta ğoliblari (birinçi uç örin) körsatiladi.
Halol öyin
Tez yoziş natijasi serverga yozilişidan oldin tekşiriladi: terilgan belgilar soniga mos kelmaydigan, juda qisqa yoki imkonsiz tezlikdagi natijalar qabul qilinmaydi. Bitta natijani ikki marta yuborib bölmaydi.
Profil
Profil sahifasida:
- ism — reytingda şu körinadi, istalgan payt özgartirasiz;
- ketma-ket kunlar (streak) — har kuni kamida bitta maşq yoki diktant bajarsangiz ösadi; bugun maşq qilmasangiz, ertaga uziladi. Joriy ketma-ketlik yon panelda 🔥 belgisi bilan ham körinadi;
- eng yaxşi WPM, maşqlar va diktantlar soni, örtaça baho;
- tezlik ösişi grafigi — oxirgi 60 ta maşq va 5 ta maşq böyiça örtaça çiziq;
- parol — almaştiriş yoki emailga tiklaş havolasini yuboriş.
Murojaat qoldiriş
Yon paneldagi «Murojaat qoldiriş» tugmasi orqali saytdagi xatolik, taklif yoki savolingizni yozasiz (2000 belgigaça). Murojaatni faqat loyiha jamoasi köradi; kerak bölsa, hisobingizdagi emailga javob yozamiz.
Bu sahifada xato yoki tuşunarsiz joy bormi? Bizga yozing — tezda tuzatamiz.