Bölimlar
Translator
Kirill, amaldagi lotin va yangi alifbo orasida ögiriş: 6 yönaliş, istisnolar luğati va transliteratsiya qoidalari.
2 daqiqa öqiş
Translator özbekça matnni uçta yozuv orasida ögiradi: kirill, amaldagi lotin (1995-yilgi alifbo) va yangi lotin (Ş, Ç, Ö, Ğ). Natija yoziş bilan bir vaqtda çiqadi.
Yönalişlar
| Yönaliş | Sahifa |
|---|---|
| Yangi lotin → Lotin | Oçiş |
| Yangi lotin → Kirill | Oçiş |
| Lotin → Yangi lotin | Oçiş |
| Kirill → Yangi lotin | Oçiş |
| Kirill → Lotin | Oçiş |
| Lotin → Kirill | Oçiş |
Sahifa yuqorisidagi ikki tanlagiç bilan yozuvlarni almaştirasiz, ⇄ tugmasi esa yönalişni va matnni teskarisiga ögiradi.
Qulayliklar
- Maxsus harflar paneli — matn maydoni ostida: yangi alifbo uçun Ş ş Ç ç Ö ö Ğ ğ ʼ, kirill uçun Ў Қ Ғ Ҳ ъ, lotin uçun Oʻ Gʻ ʼ.
- Nusxalaş va .txt fayl qilib yuklab oliş.
- Oddiy apostrof rejimi — natijada ʻ va ʼ örniga oddiy ' işlatiladi (ba’zi dasturlar maxsus belgilarni töğri körsatmaydi).
- Kiritilgan matn brauzerda saqlanadi — sahifani yangilasangiz ham yöqolmaydi.
- Havolalar va email manzillari özgartirilmaydi.
Istisnolar qanday hisobga olinadi?
Köpçilik sözlar oddiy qoidalar bilan ögiriladi, lekin ba’zilari uçun qoida yetmaydi:
| Holat | Misol | Natija |
|---|---|---|
| s + h alohida tovuş | Ishoq, ashob, mushaf | yangi alifboda Ishoq (Işoq emas), eski lotinda Isʼhoq |
| sh bitta harf | shahar, mashq | şahar, maşq |
| tutuq belgisi o dan keyin | ijtimoʼiy | ijtimoʼiy (ijtimöiy emas) |
| ц, ь, ё, я (rus tilidan özlaşgan) | kompyuter, sirk, rayon | компьютер, цирк, район |
| «ng» | tong, singil | özgarmaydi — n va g alohida harflar |
Buning uçun translator 3 mingdan ortiq sözdan iborat istisnolar luğatidan foydalanadi. Luğat 440 mingdan ortiq özbekça söz şakli asosida avtomatik tuzilgan: kirill yozuvi bir qiymatli bölgani uçun har bir söz lotinga va qaytadan kirillga ögirilib, farq çiqqan sözlar luğatga yozilgan. Qöşimçali şakllar (Ishoqning, ashoblari) söz özagi böyiça topiladi.
Lotindan kirillga ögirişda aniqlik luğatda bölmagan sözlarda ham taxminan 99%. Xato ögirilgan söz körsangiz, murojaat qoldiring — luğatga qöşamiz.
Kirill → lotin qoidalari
| Kirill | Lotin | Izoh |
|---|---|---|
| е | ye / e | söz boşida va unlidan keyin — ye (ер → yer, поезд → poyezd) |
| ц | s / ts | unlidan keyin — ts (милиция → militsiya), boşqa joyda — s (цирк → sirk) |
| ё, ю, я | yo, yu, ya | |
| ь | — | yozilmaydi (батальон → batalyon) |
| ъ | ʼ | tutuq belgisi (маъно → maʼno) |
| сҳ | sʼh | eski lotinda ajratiladi (Исҳоқ → Isʼhoq); yangi alifboda — Ishoq |
Bu sahifada xato yoki tuşunarsiz joy bormi? Bizga yozing — tezda tuzatamiz.